Olmo: «Yamal maydonda bo'lish orqali Ispaniya terma jamoasiga ko'p narsa beradi»

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo hujumchi Lamin Yamalning joriy jahon chempionatidagi kam samaradorligi haqida o'z fikrini bildirdi.
«Hatto Lamin gol urmagan taqdirda ham, u o'z driblingi va shunchaki maydonda borligi bilan bizga ko'p narsa beradi. Unga doimo uch-to'rt nafar o'yinchi yaqin yuradi, bu esa raqibga boshqa zonalarda muammolar tug'diradi. U bizga yordam berishda davom etishiga aminmiz», — deya Olmoning so'zlarini keltiradi Marca.
18 yoshli Yamal 2026 yilgi jahon chempionatining barcha beshta o'yinida ishtirok etib, bitta gol muallifi bo'ldi. Hozircha uning hisobida golli uzatmalar mavjud emas.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar