"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo elkasidan olgan jarohatini davolamoqda.

Mundo Deportivo nashri xabariga ko'ra, 27 yoshli ispaniyalik futbolchi 3 yanvarga belgilangan "Espanol"ga qarshi Kataloniya derbisiga to'liq tayyor bo'lishni rejalashtirgan.

Olmo bu mavsumda jami 17 ta o'yinda 4 ta gol urib, 3 ta assist bergan.