"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo elkasidan olgan jarohati sabab kamida 4 haftaga safdan chiqdi.

Futbolchi 2025 yilda boshqa maydonga tushmaydi. "Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik endi uning o'rnina vaqtinchalik 17 yoshli Dro Fernandesdan foydalanadi.

Kelasi haftadan boshlab esa Fermin Lopes o'yinlarda ishtirok etishga tayyor bo'ladi.

22 yoshli xavbek 9 dekabrga belgilangan "Ayntraxt"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yiniga tayyor bo'lishi kutilmoqda.