Ispaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Turkiyaga qarshi JCh saralash o'yinida (2:2) gol urdi.

Bu orqali 27 yoshli xavbek Ispaniya terma jamoasida urgan gollari soni bo'yicha Luis Enrike va Xavi Ernandesga tenglashib oldi.

Dani Olmo: 46 o'yinda 12 gol

Luis Enrike: 62 o'yinda 12 gol

Xavi: 133 o'yinda 12 gol.

Kechagi durang orqali Ispaniya JChga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritdi.