Olmo: «Kukurelya La Ligada, masalan, Yamalga qarshi o'yinlarda ancha aziyat chekadi»

«Barselona» yarim himoyachisi Daniel Olmo Madridning «Real» klubi yangi a'zosi Mark Kukurelya «qirollik klubi»ga o'tayotgani haqida Ispaniya terma jamoasidagi sheriklariga hech narsa aytmaganini ma'lum qildi.
«Kukurelya bizga "Real" haqida hech narsa gapirmagandi! Endi u La Ligada ancha aziyat chekishiga to'g'ri keladi… Masalan, Lamin Yamalga qarshi uchrashuvlarda», — deya Olmoning so'zlarini insayder Fabritsio Romano o'zining X (Tvitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Real Madrid» 27 yoshli futbolchining transferini 15 iyun kuni e'lon qilgan edi.
Manba: Stadion.uz