Olmo Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 1/4 finali doirasidagi Belgiyaga qarshi o'yinga tayyorgarligini baholadi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionati 1/4 finalidan o'rin olgan Belgiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirdi.
«Biz faqat Belgiya haqida o'ylayapmiz: bu jahon chempionatining chorak finali va bu bizning ustuvor vazifamizdir. Chorak final yarim finaldan oldin keladi. Belgiya — juda shakllangan jamoa; ularda dunyoning eng yaxshi darvozaboni bor va bu kuchli raqib. Ularning tarkibida o'yin taqdirini o'zgartira oladigan futbolchilar mavjud va biz ularga alohida e'tibor qaratishimiz kerak», — dedi Dani Olmo o'yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
JCh-2026 chorak finali doirasidagi Ispaniya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 11 iyul kuni Toshent vaqti bilan soat 00:00 da bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar