Olmo Droning "PSJ"ga o'tishiga munosabat bildirdi

"Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmo Dro Fernandesning "PSJ"ga ketishi haqida gapirdi.
"Har kimning o'z sababi bor. O'sha paytda mening o'z sabablarim, Droning esa o'z sabablari bor edi. Oxir-oqibat, bu juda achinarli, chunki klub unga umid bog'lagandi. U allaqachon jamoaning mashg'ulotlari va o'yinlarida ishtirok etgan. Biz unga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz," - deya Olmoning so'zlarini keltiradi Barca Universal.
18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Dro Fernandes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida beshta o'yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.