Oliy ligadan tushib ketgan klub fanatlari stadionni yoqib yuborishdi (foto)

Finlyandiyaning "Xaka" klubi muxlislari jamoa Oliy ligadan tushib ketganidan keyin stadionni yoqib yubordi, deb yozadi Yahoo Sports.
Etakchi tergovchining rasmiy bayonotida ta'kidlanishicha, Finlyandiya politsiyasi voqea joyida 15 yoshga to'lmagan uch nafar o'smirni qo'lga olgan. Ulardan biri yong'inga sabab bo'lgani taxmin qilinayotgan qandaydir ob'ektga o't qo'yganini tan oldi.
Yong'in 400 ga yaqin tomoshabinga mo'ljallangan yog'och tribunalarni butunlay yo'q qildi. Stadionning umumiy sig'imi 3000 kishidan oshadi. Yong'in sun'iy chim maydonlariga ham o'tib, qoplamaning bir qismini yaroqsiz holga keltirgan.

Voqeadan so'ng darhol klub vakillari va Valkeakoski munitsipaliteti arenani imkon qadar tezroq ishchi holatga qaytarish uchun ob'ektni tiklash va rekonstruktsiya qilish bo'yicha mumkin bo'lgan qadamlarni o'rganayotganini e'lon qildi. Birinchi chora-tadbirlar shikastlangan konstruktsiyalarni demontaj qilish zarurligini baholashni, shuningdek, sun'iy chimni tozalash va ta'mirlashni o'z ichiga oladi.