Londonning «Kristal Pelas» klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner bilan xayrlashdi. Nemis mutaxassisi 2025/26 yilgi mavsum yakunida klubni tark etadi.

«Endi jamoaning maqsadlari mutlaqo boshqacha, ular endi joyini saqlab qolish uchun kurashmayapti. Buning uchun sizga rahmat!», — dedi «Selxerst Park» arenasidagi marosim boshlovchisi.

Eslatib o'tamiz, uch kundan so'ng Glasner shogirdlarini Konferentsiyalar ligasidagi o'ta muhim o'yin kutib turibdi — turnir finalida ular Leyptsigda «Rayo Valekano»ga qarshi maydonga tushadi.

«Men bu erga begona sifatida kelgandim, endi esa o'zimni xuddi Janubiy Londondan bo'lgan insondek his qilyapman», — deya javob qaytardi Glasner stadiondagilarga.

Glasner 2024 yilda «Kristal Pelas» bosh murabbiyiga aylangan edi. Ungacha, 2023 yilda u «Ayntraxt» bilan Evropa ligasi kubogini qo'lga kiritgan. Joriy mavsum yakunlariga ko'ra, «burgutlar» 15-o'rinni egalladi, xavfli zonadan farq olti ochkoni tashkil etdi.