Olive Jiru Frantsiya terma jamoasiga qaytmoqchi emas

39 yoshli hujumchisi, hozirda «Lill» sharafini himoya qilayotgan Olive Jiru, Frantsiya terma jamoasiga ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi.
«Mening qaytish niyatim yo'q. Menga katta sharaf nasib etgan. Meni qayta chaqirish uchun haqiqiy favqulodda holat bo'lishi kerak. Hozir jamoada besh nafar hujumchi bor, murabbiy meni chaqirmayapti — u men bu sahifani yopganimni yaxshi tushunadi. Ammo agar o'yin paytida yordam kerak bo'lsa, mening uslubimda “yo'q” deyish yo'q, garchi faoliyatimni yakunlagani haqida e'lon qilgan bo'lsam ham. Agar kerak bo'lsa, men yordam berishim mumkin», — deya Jiruning so'zlarini RMC Sport keltiradi.
Jiru Frantsiya terma jamoasi safida 137 ta o'yinda maydonga tushib, 57 ta gol urgan. U 2018 yilgi jahon chempioni, 2022 yilgi jahon chempionatida kumush, 2016 yilgi Evropa chempionatida kumush va 2024 yilgi Evropa chempionatida bronza medali sohibi hisoblanadi.