Oliseni «Real»ga o'tishga ko'ndirgan futbolchilarning ismlari ma'lum bo'ldi

«Bavariya» vingeri Maykl Olise «Real»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi. El Debate nashrining xabariga ko'ra, frantsiyalik futbolchi Madrid klubiga o'tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq Germaniyaning amaldagi chempionlari o'z futbolchisini faqat 225 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor, bu esa futbol tarixidagi eng qimmat rekord transferga aylanishi mumkin.
Olise «qaymoqranglilar» safidagi frantsiyalik futbolchilar — Kilian Mbappe, Orelen Tchuameni va Eduardo Kamavinga bilan suhbatlashgan va ular Mayklni «Real»ga o'tishga ko'ndirishgan.
Maykl Olise 2024 yilda «Kristal Pelas»dan «Bavariya»ga 53 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda frantsiyalik futbolchi Myunxen klubi safida barcha musobaqalarda 52 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi.