"Bavariya" vingeri Maykl Oliseni Angliyaning top-klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Avvalroq, 23 yoshli frantsuz uchun "Liverpul" 135 million funt to'lashga tayyorligi xabar qilingandi.

The Sun xabariga ko'ra, "Manchester Siti" ham Olise uchun kurashga qo'shilgan. "Shaharliklar" frantsuzni Fil Foden bilan bir tarkibda o'ynatishni istamoqda.

Olisening myunxenliklar bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 100 million evroga baholamoqda.