Uchrashuv 5 oktyabr kuni Parijda bo'lib o'tdi va 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga yakunlandi. 24 yoshli Olise o'z hisobiga dubl yozdirib qo'ydi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Menimcha, o'yin oxirida juda yaxshi harakat qildik. Birinchi bo'lim ancha murakkab kechdi. Chuqur himoyalanadigan jamoaga qarshi to'p tepish doimo og'ir. Biroq keyin o'yinimizni davom ettirdik va yakunda hammasi ko'ngildagidek tugadi. Zinedin Zidan o'z g'oyalarini olib kirmoqda, biz esa ularga amal qilyapmiz. 4 ta uchrashuvda buni yaxshi uddaladik va xuddi shu tarzda davom etamiz. Men doim Fransiya terma jamoasi safida o'ynashdan baxtiyorman", – dedi Olise.

Avvalroq Fransiya Millatlar Ligasida Turkiyani mag'lub etgan (1:0), Italiya bilan durang o'ynagan (1:1) va Belgiya bilan yana bir bahsda g'alaba qozongan edi (1:0).