Olise «Real»ga o'tish borasida Mbappe va Tchuameni bilan maslahatlashdi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Maykl Olise Madridning «Real» klubiga ehtimoliy o'tishi yuzasidan Frantsiya terma jamoasidagi sheriklari Kilian Mbappe va Orelen Tchuameni bilan maslahatlashdi.
Ikkala futbolchi ham «qaymoqranglilar» safida to'p suradi. L’Equipe nashrining xabar berishicha, Oliseni klubdagi muhit qiziqtirgan.
Bo'lajak ehtimoliy jamoadoshlari unga nima deb javob bergani ma'lum emas. Avvalroq Olise «Bavariya»dan ketish va «Real»ga o'tishga qaror qilgani xabar qilingan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda Madrid klubi Mbappe va Vinisius o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashuvi fonida yuzaga kelgan mojarolar bilan boshi qotgandi. Klub rahbariyati futbolchilarni bazaga chaqirib, ular bilan jiddiy suhbat o'tkazishga majbur bo'lgandi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar