Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Orelen Tchuameni "Bavariya" sharafini himoya qilayotgan Frantsiya terma jamoasidagi jamoadoshi Maykl Olisening o'yinidan hayratda ekanini aytdi.

23 yoshli vinger Myunxen klubida mavsumni ajoyib boshladi, yaqinda esa Frantsiya terma jamoasi safida Ukrainaga qarshi o'yinda (2:0) gol urdi.

"Meni eng hayratga soladigani, Olisening hamma narsani osonlikcha bajarishi. U to'p bilan shu qadar xotirjam muomala qiladiki, unga qarab turib, "U uchun hamma narsa juda oddiy" deb o'ylaysiz. Fantastik o'yinchi. Buni har hafta "Bavariya"da ko'ryapmiz, endi esa u Frantsiya terma jamoasida ham nom qozonmoqda. Uning ishtiroki bizga ustunlik beradi," - dedi Tchuameni matbuot anjumanida.