Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Maykl Olise Jahon chempionatlari tarixida afsonaviy braziliyalik hujumchi Pelening rekordini takrorlashga bir qadam qoldirdi.

24 yoshli futbolchi Jahon chempionati–2026 1/16 finalida Shvetsiyaga qarshi bahsda ikkita golli uzatma muallifi bo'ldi. Frantsiya mazkur uchrashuvda 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, Olisening ushbu mundialdagi golli uzatmalari soni beshtaga etdi. Opta Sport ma'lumotiga ko'ra, 1966 yildan buyon golli uzatmalar statistikasi yuritila boshlaganidan beri bir Jahon chempionati doirasida bundan yaxshiroq natijani faqat Pele qayd etgan. Afsonaviy braziliyalik 1970 yilgi mundialda 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Jahon chempionati 1/8 finalida Frantsiya terma jamoasi 5 iyul kuni Paragvayga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz