Olise o'zining sevimli pozitsiyasini aytdi

«Bavariya» va Frantsiya terma jamoasi vingeri Maykl Olise qaysi pozitsiyada o'ynashni afzal ko'rishini ma'lum qildi.
24 yoshli futbolchi so'nggi yillarda o'zi odatda harakat qilayotgan o'ng qanot hujumidan ko'ra, markazda — hujumchi ortida o'zini ancha qulay his qilishini tan oldi.
«Menga «o'nlik» pozitsiyasida o'ynash qulayroq — bu pozitsiya biroz ko'proq erkinlik beradi. Men aynan o'sha erda o'ynab ulg'ayganman, shuning uchun bu men uchun tabiiy holat», — dedi Olise L'Equipe nashriga bergan intervyusida.
23 iyun kuni frantsiyaliklar JCh-2026 guruh bosqichi 2-turi doirasida Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23 iyunga o'tar kechasi soat 02:00 da boshlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar