Olise JCh-2026 doirasidagi Frantsiya — Senegal uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Maykl Olise jahon chempionati — 2026 guruh bosqichidan o'rin olgan Senegalga qarshi o'yinda (3:1) uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo'lga kiritdi. Uning hisobida bitta golli uzatma mavjud.
Nyu-Jersidagi «Metlayf» stadionida bo'lib o'tgan uchrashuv Frantsiya terma jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi — Kilian Mbappe dubl qayd etib, terma jamoaning jahon chempionatlaridagi gollari bo'yicha rekordini (14 ta) o'rnatdi, yana bir golni Bredli Barkola kiritdi.
Olise ikkinchi bo'limda Frantsiya hujumlarining asosiy tashkilotchisiga aylandi, aynan uning aniq uzatmasi Senegal mudofaasini yorib o'tib, 66-daqiqada Mbappeni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi. Goal.com nashri baholashicha, «Bavariya» xavbeki o'z o'yini uchun 10 balldan 8 ballga loyiq ko'rildi.
24 yoshli Olise uchun bu uchrashuv jahon chempionatlaridagi debyut o'yin bo'ldi.