Olise Bundesligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bundesliga oyning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. U "Bavariya" vingeri Maykl Olise bo'ldi.
Yanvar oyida 24 yoshli futbolchi chempionatning beshta o'yinida ishtirok etdi. Bu vaqt ichida u uchta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi, shu jumladan "Leyptsig"ga qarshi o'yinda ham.