«Bavariya» vingeri Maykl Olise Myunxen klubi rahbariyati bilan boshqa jamoalar tomonidan bo'layotgan qiziqishlar bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilib olmoqchi.

Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Madridning «Real» va Frantsiyaning «PSJ» klublari qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.

AS nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Olise «Bavariya» rahbariyati uning vaziyati haqida qanday fikrda ekanini bilishni va myunxenliklar uni qanchalik qadrlashiga ishonch hosil qilishni istamoqda.

Olise va uning atrofidagilar Jahon chempionati yakunlanganidan keyin vaziyatni xotirjam tahlil qilib, keyinchalik qanday yo'l tutish bo'yicha bir qarorga kelishmoqchi.

Germaniya klubi esa Olise ular bilan gaplashib olmoqchi ekanidan xabardor va uning shaxsi atrofidagi turli mish-mishlar futbolchiga ta'sir o'tkazayotganidan shubhalanmoqda.

Manba: Stadion.uz