Myunxenning "Bavariya" klubi sport direktori Kristof Froynd Maykl Olisening ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

23 yoshli futbolchiga Angliya premer-ligasi grandlari qiziqish bildirmoqda.

"Biz bu masalada hech qanday bosim sezmayapmiz. Mayklning shartnomasi hali ham ko'p yillar davom etadi, u oldinga qadam tashladi va yaxshi o'ynadi.

Biz uni klubimizda yana etti, sakkiz yoki to'qqiz yil o'tkazishini tasavvur qilishimiz mumkin", - dedi Froynd.