Frantsiya terma jamoasi va «Bavariya» vingeri Maykl Olise Lionel Messining uzoq yillik natijasini takrorlashi mumkin.

24 yoshli futbolchi jahon chempionatining 1/16 finali doirasida Shvetsiyaga qarshi kechgan va frantsuzlarning yirik (3:0) g'alabasi bilan yakunlangan o'yinda ikkita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. The Touchline bergan ma'lumotlarga ko'ra, Olisening 2025/26 yilgi mavsum boshidan buyon klub va terma jamoadagi golli paslari soni 31 taga etdi.

Endi u Evropaning top-5 ligalari vakillari orasida Lionel Messiga tegishli bo'lgan mutlaq rekordni (2011/12 yilgi mavsumdagi 34 ta assist) takrorlashi uchun yana atigi uch marta sheriklariga golli uzatma etkazib berishi kerak.

Mundialning 1/8 finalida Frantsiya terma jamoasi Paragvay bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz