"Olimpiakos" murabbiyi "Real"ni ikki marta mag'lub etganini eslatdi

Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi bosh murabbiyi Xose Luis Mendilibar murabbiylik faoliyatida ikki marta Madridning "Real" klubini mag'lub etganini eslatib o'tdi.
Bu safar uning jamoasi 26 noyabr kuni Chempionlar ligasi asosiy turniri 5-turi doirasida "qirollik klubi"ga qarshi maydonga tushadi.
"Real"ni ikki marta mag'lub etishimga to'g'ri kelgan, ammo ko'proq yutqazganman. Qaysi jamoani boshqarishimga qarab uslubim o'zgarmaydi. "Real" kamdan-kam hollarda kimgadir yutqazadi, ammo bugun urinib ko'rish uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.