Oksana Chusovitina Messi va Ronalduning JCh-2026 dagi jismoniy holati haqida fikr bildirdi

1992 yilgi Olimpiada chempioni, o'zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina argentinalik futbolchi Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronalduning jismoniy holati haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Messining qanday yugurayotgani, o'ynayotganiga qarang. U shunchaki maydonda vaqt o'tkazmayapti. Xuddi Ronaldu kabi. U ham ajoyib! Menimcha, Krishtianu ushbu JCh-2026da Lionel Messidan kam harakat qilgani yo'q. Har bir sportchi bunday yuqori darajadagi turnirga yo'l olar ekan, faqat va faqat g'alaba haqida orzu qiladi va o'ylaydi», – dedi Chusovitina.
41 yoshli Ronaldu futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtirokini chorak finalda yakunladi. U turnirda uchta gol muallifiga aylandi.
39 yoshli Messi esa bugun, 19 iyul kuni turnir finalida maydonga tushadi. Argentinalik futbolchi hisobida musobaqaning ettita o'yinida sakkizta gol mavjud.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar