OKMK va «Xorazm» SM stadionlari integratsiyalashgan kabellashtirish ishlarini yakunladi

Superliga stadionlarini Prezident qarori asosida translyatsiyalar uchun integratsiyalashgan kabellashtirish ishlari davom etmoqda. Mazkur masalani birinchilardan bo'lib Farg'onadagi «Istiqlol» stadioni hal qilgandi. Endilikda ular qatoriga Olmaliq va Urganch shaharlaridagi stadionlar ham qo'shildi.
Superliganing 14-turi doirasida OKMK 27 iyul kuni «Mash'al» klubini qabul qiladi. Ertasiga — 28 iyul kuni Urganchda «Surxon» mehmon bo'ladi. Mana shu uchrashuvlar translyatsiyasi davomida Liga MTRK bilan hamkorlikda mazkur jarayon yakunlarini sinovdan o'tkazib oladi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda Nukus shahridagi «Turon» stadionida ham kabellashtirish ishlari yakuniga etgan bo'lib, Liga keyinchalik bu haqda alohida ma'lumot beradi. Shuningdek, Namangan va Qarshi shaharlaridagi «Markaziy» stadionlarda bu borada amaliy ishlar boshlangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar