FIFA kunlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni maqsad qilgan OKMK FK bugun Toshkentda «Lokomotiv» jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Uchrashuv o'ziga xos formatda – har biri 35 daqiqa davom etgan to'rtta taym shaklida tashkil etildi. Bahs davomida ikkala jamoa ham faol va hujumkor o'yin namoyish etdi. Natijada gollarga boy tarzda kechgan bellashuv 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.

Nazorat o'yini.

OKMK — «Lokomotiv» 3:3

Gollar: Mirjamol Qosimov, Ali Abdurahmonov va Ruben Sanchez.

Manba: https://t.me/fcokmk