«Og'zingni yop». Vinisius Bellingem bilan «Bavariya»ga qarshi o'yinda tortishib qoldi

Madridning «Real» jamoasi yarim himoyachisi Vinisius Junior Chempionlar ligasi chorak finali javob uchrashuvi davomida jamoadoshi Jud Bellingem bilan tortishib qoldi. Bu haqda Madrid Universal nashri X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Bellingem Vinisiusning unga uzatma bermaganidan norozi bo'lgan va jahli chiqqan. Bunga javoban braziliyalik futbolchi: «Nima xohlaysan? Og'zingni yop», — degan.
Ikki o'yin natijasiga ko'ra «Bavariya» 6:4 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Myunxenliklar final yo'llanmasi uchun «PSJ»ga qarshi maydonga tushadi.
Avvalroq xabar qilinganidek, «Real» ketma-ket ikkinchi mavsum Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqa olmadi. O'tgan mavsumda madridliklar ushbu bosqichda Londonning «Arsenal» jamoasiga (0:3, 2:1) mag'lub bo'lgan edi.