Og'ir jarohat olgan Ugartening tashxisi ma'lum qilindi

«Manchester Yunayted» matbuot xizmati jarohat olgan yarim himoyachi Manuel Ugartening tashxisini rasman e'lon qildi. Xavbek tizzasidagi xochsimon boylamlarning uzilishi sababli 9-12 oyga safdan chiqdi.
Eslatib o'tamiz, Ugarte 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan Urugvay va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda jarohat olgan edi. Shifokorlar urugvaylik futbolchini maydondan zambilda olib chiqib ketishgandi.
«Klubdagi barcha Manuelga tezroq sog'ayib ketishini tilaydi va uni har bir bosqichda qo'llab-quvvatlaydi», — deya futbolchiga dalda berdi klub matbuot xizmati.
Yakunlangan mavsumda Ugarte «MYu» safida 24 ta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar amalga oshira olmadi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar