Og'ir atletikachilarimiz Qatarda o'tayotgan turnirni 6 ta medal bilan boshlashdi

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Doha shahrida tashkil etilayotgan "Qatar weightlifting cup" musobaqasida ishtirok etmoqda.
Hamyurtlarimiz ayni paytgacha 6 ta medal jamg'arishga erishdilar. Munisa Odilova -48 kg vazn toifasida 3 ta kumush medalga ega chiqqan bo'lsa, Adhamjon Ergashev -65 kg vaznda 3 ta bronza medali bilan taqdirlandi.
Manba: Olympic.uz