Samoaning Apiya shahrida og'ir atletika bo'yicha “Universal Weightlifting Cup” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Erkaklar o'rtasidagi -110 kg vazn toifasida kechgan bellashuvlarda qatnashgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Ruslan Nurudinov oltin medallarga sazovor bo'ldi.

Yurtdoshimiz dast ko'tarishda 178 kg, siltab ko'tarishda 222 kg, ikki kurashda esa roppa-rosa 400 kg natija qayd etdi. Shubhasiz, bu natija bilan Nurudinov eng yaqin ta'qibchilari bo'lgan Samoa va Fiji vakillarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Manba: Olympic.uz