Xabar berganimizdek, og'ir atletika bo'yicha joriy yil taqvimidagi so'nggi xalqaro start aynan “Qatar Cup” turniri hisoblanadi. Unda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham sovrinli o'rinlar uchun bahslarda qatnashadi. Ma'lumot o'rnida aytib o'tamiz, an'anaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa bu yil 10-marotaba tashkil etilmoqda.

Turnirda ishtirok etish uchun terma jamoamiz a'zolari bugun Qatar poytaxti — Doha shahriga jo'nab ketishdi.

Quyida terma jamoa tarkibini keltiramiz:

Ayollar:
Munisa Odilova — 48 kg
Nigora Abdullaeva — 58 kg
Ziyoda Xudoyqulova — 63 kg
Mashhura Rustamova — 77 kg
Nigora Suvonova — 88 kg

Erkaklar:
Adhamjon Ergashev — 65 kg
Abdulaziz Alimjonov — 79 kg
Muhammadqodir Toshtemirov — 94 kg
Amir Abdullaev — +110 kg

Murabbiylar:
Mahmud Tog'aev
Jurabek Zairov

Terma jamoa shifokori:
Obiddin Muslimov

Delegatsiya rahbari: Rustam Rasulov
Delegatsiya a'zosi: Odilbek Haitov

Eslatib o'tamiz, “10th Qatar Weightlifting Cup” musobaqasi 19–27-dekabr kunlari bo'lib o'tadi.

Manba: https://t.me/uzbek_weightlifting