Og'ir atletika. Jo'raev va Nurudinovning medallari bilan jahon chempionatida kuchli beshlikdan joy oldik

Norvegiyaning Fyorde shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqada ikki nafar sportchi bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi ikki kurash hisobidagi natijalar bo'yicha 1 ta oltin va 1 ta bronza medallar bilan beshinchi, alohida mashqlar bo'yicha esa 3 ta oltin hamda 2 ta bronza medallari bilan ettinchi natijani qayd etdi.