Og'ir atletika. Akbar Jo'raev dast ko'tarishda jahon rekordini o'rnatdi

Ayni paytda og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tmoqda va erkaklar o'rtasida 110 kg vaznda dast ko'tarish yo'nalishi yakunlandi.
O'zbekistonlik sportchi Akbar Jo'raev 196 kg shtangani ko'tarib, jahon rekordini o'rnatdi! U 2-o'rindagi raqibini naq 8 kiloga ortda qoldirdi.
Yana bir hamyurtimiz Ruslan Nurudinov esa 186 kg natija bilan 4-o'rinni egalladi.
Birozdan keyin siltab ko'tarish yo'nalishiga start beriladi.
Manba: stadion.uz