"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yarim himoyachisi Florian Virtsning formasi haqida fikr bildirdi.

"Ko'rinib turibdiki, Florian Virts tobora kuchliroq bo'lib, bizga moslashmoqda. Odamlar uning bor-yo'g'i 22 yoshda ekanini unutib kuyishmoqda", - deya Slotning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Virts o'tgan yozda "Liverpul" tarkibiga "Bayer"dan kelib qo'shilgandi. Mersisaydliklar safida xavbek barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushib, bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.