Ochoaga ispan klubi bergan taklif maqbul kelmadi

Gilermo Ochoa oxirgi daqiqalarda "Burgos" bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi.
Marca xabariga ko'ra, 40 yoshli darvozabon "Burgos"ga borgan va Segunda klubi xodimlari bilan uchrashib, kelishuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilgan.
Meksikalik shartnoma bandlaridan birini o'zgartirishni talab qildi va kofe ichishga chiqdi. Shundan so'ng u qaytib kelmagan va klub qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatgan.
Darvozabon atrofidagilar vaziyatga izoh berdi. Ularning so'zlariga ko'ra, futbolchi reklama daromadlari bilan bog'liq bandlarda rahbariyat bilan yakdillikka erishmagan.