Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa Jahon chempionati–2026 1/8 finalidan o'rin olgan Angliya terma jamoasiga qarshi bahsning (2:3) yakuniy hushtagidan so'ng o'z his-tuyg'ularini jilovlay olmadi.

40 yoshli golkiper zaxira o'rindig'ida o'tirib, ko'z yoshlarini tiya olmadi.

Avvalroq Ochoa JCh-2026dan so'ng Meksika terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qilgan edi. Shu bilan birga, u tarixda oltita jahon chempionatida maydonga tushgan ilk darvozabonga aylandi.

Manba: Stadion.uz