FootyRankings portali Osiyo chempionlar ligasi-2 musobaqasida jamoalarning guruhdan pley-offga chiqish imkoniyatlarini baholadi.

"V" guruhida "Andijon" 3-o'rinni egallashi taxmin qilindi. O'zbek klubining guruh g'olibi bo'lish ehtimoli 16 foizga teng deya baholangan bo'lsa, ikkinchi o'rinni egallashi 24 foiz deya taxmin qilingan. "Andijon"ning guruhda 3 va 4-o'rinda qolishi 30 foizga teng deya baholanmoqda.

"Andijon" keyingi turni 1 oktyabr kuni o'z maydonida Qatarning "Al-Ahli" klubiga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz