Obi Mikel: "Tarkib nuqtai nazaridan "Arsenal" hammadan ustun"

Jon Obi Mikelning fikricha, "Arsenal" Premer-ligadagi eng yaxshi jamoalardan biri.
"Rahbariyat yana bir bor Mikel Artetani jiddiy qo'llab-quvvatladi. Ularda Premer-ligadagi eng kuchli tarkib bor. Tarkib nuqtai nazaridan "Arsenal" hammadan ustun, ularning har bir pozitsiyasida ikkita kuchli futbolchi bor.
Arteta hech qanday bahona bo'lmasligini biladi va men buni o'zi aytganidan xursandman. U Premer-liga yoki Chempionlar ligasida g'alaba qozonishi kerak, kuboklardan birini yutishning o'zi etarli bo'lmaydi”, - dedi “Chelsi”ning sobiq yarim himoyachisi o'zining podkastida.