"Chelsi" va Nigeriya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jon Obi Mikel Joze Mourinoning Vinisius Juniorning xatti-harakatlariga bergan bahosi uchun tanqid qildi.

"Joze Vinisius o'z golini bunday nishonlamasligi kerakligini aytdi. Bu Jozening qo'pol gapi edi va u xato qilganini biladi.

U nima uchun uzr so'ramaganini bilmayman, lekin men uning qayta bayonot berishiga umid qilaman.

U katta xatoga yo'l qo'ydi", dedi Obi Mikel o'zining podkastida.