Per-Emerik Obameyang Gabon milliy terma jamoasi safida 4 ta gol urdi.

Gabonning 36 yoshli hujumchisi 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Gambiyaga qarshi o'tkazilgan o'yinda (4:3) to'rtta gol kiritishga erishdi.

86-daqiqada Obameyang ikkinchi sariq kartochka olgani sababli maydondan chetlatildi.

Gabon saralash bosqichi yakuniga bir tur qolganida 22 ochko to'pladi va F guruhida Kot-d'Ivuardan bir ochko orqada qolib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi.