Bugun Abduvohidov Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Navbahor" o'yiniga tayinlov oldi. Shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida O'zFHM bilan bog'landik.

"Ravshan Abduvohidov Proliga va Birinchi liga o'yinlarini yaxshi boshqargani uchun Hakamlar qo'mitasi qaroriga asosan maydon hakami sifatida Superligaga qaytarildi, lekin VAR hakami sifatidagi chetlatilishi hozircha o'z kuchida", - dedi O'zFHM vakili UzFIFA.NET saytiga.