Turkiya terma jamoasi darvozaboni Berke O'zer o'z ixtiyori bilan jamoani tark etdi, deb xabar bermoqda Turkiya futbol federatsiyasi rasmiy sayti.

Turkiyaning 6:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlangan Bolgariyaga qarshi jahon chempionati saralashi o'yinida O'zer maydonga tushmaganidan xafa bo'ldi.

"Galatasaroy"dan Ug'urjon Chaqir darvozani qo'riqladi. "Manchester Yunayted"dagi Altay Bayindir zaxira o'rindig'idan joy oldi.