61 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2024 yilda Bahrayn terma jamoasini mazkur turnir g'olibligiga olib kelgan edi. Biroq amaldagi chempion sifatida bu yilgi musobaqaga tashrif buyurgan jamoa guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchrab, turnirni juda erta tark etdi.

Eslatib o'tamiz, Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan 2027 yilgi Osiyo kubogida Bahrayn terma jamoasi "B" guruhidan o'rin olgan bo'lib, musobaqa davomida O'zbekiston, Iordaniya va Shimoliy Koreya vakillariga qarshi bahs olib boradi.