O'zbekistonning 2025 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrini uchun da'vogarlar ro'yxati e'lon qilindi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yakunlanib borayotgan 2025 yilgi futbol mavsumida “O'zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga da'vogarlar ro'yxatini e'lon qildi.
Ro'yxatdan O'zbekiston U17 terma jamoasining 10 nafar a'zosi o'rin oldi: Ibrohim Shokirov, Ne'matulloh Rustamjonov, Mo'minxon Bahodirxonov, Muhammad Hakimov, Sayfiddin Sodiqov, Abubakir Shukurullaev, Azizbek Erimbetov, Muhammada Habibullaev, Asilbek Aliev, Sadriddin Hasanov.
Manba: stadion.uz