O'zbekistonlik sinxron suzuvchi ilk bor Jahon chempionati finaliga chiqdi

Bu haqda Uzbekistan Aquatics federatsiyasi xabar berdi.
"Afinadan ajoyib yangilik! Darya Kochneva O'zbekiston sinxron suzish sporti tarixida ilk bor Gretsiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida erkin solo yo'nalishi bo'yicha finalga chiqdi.
U 78,3000 ball to'plab, finalchilar safidan joy oldi. Yakuniy chiqishda u 159,4566 ball to'plab, mamlakatimiz sharafini Jahon arenasida munosib himoya qildi", deyiladi xabarda.
Manba: aquatics_uz