O'zbekistonlik mutaxassislar xalqaro musobaqalarda ishtirok etishmoqda

Saudiya Arabistonida 2027 yilgi U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichi o'yinlari bo'lib o'tmoqda. «A» guruhida bo'lib o'tayotgan bahslar davomida Vladislav Seytlin inspektor sifatida ishlamoqda.
Qatarda U-23 Osiyo Kubogi saralash bosqichining «H» guruhi o'yinlari davom etmoqda. Bu erda Valentin Kovalenko inspektorlik vazifasini bajarmoqda.
Tojikistonda o'tayotgan CAFA Nations Cup turnirida Jahongir Saidov hakamlar nazoratchisi sifatida ishtirok etmoqda.
Manba: uzfhm.uz