“SEA Games Thailand 2025” musobaqasida o'zbekistonlik hakamlar taklif olishdi.

Asker Najafaliev, Rustam Lutfullin va Gulshoda Saitqulova bosh hakam sifatida, Sanjar Shoyusupov va Ruslan Serazitdinov yordamchi hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ertaga bo'lib o'tadigan Laos — Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi bahsda Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlar jamoasi faoliyat olib boradi.

3 dekabr | Laos — Vetnam

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakam: Sanjar Shoyusupov

Ma'lumot uchun, Asker Najafaliev, Gulshoda Saitqulova va Ruslan Serazitdinov keyingi bahslarda faoliyat olib boradi.

Manba: the-afc.com