O'zbekistonlik hakamlar jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda faoliyat olib boradi.

17 fevral kuni Iordaniyaning Amman shahrida bo'lib o'tadigan «Al Huseyn» (Iordaniya) — «Istiqlol» (Eron) jamoalari o'rtasidagi bahsni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib boradi.

Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
AVAR hakami: Akobirxo'ja Shukrullaev

Manba: uzfhm.uz