FIFA tomonidan 2026 yilgi Jahon chempionatiga jalb etilgan o'zbekistonlik hakamlar jamoasi — bosh hakam Ilgiz Tantashev hamda yordamchi hakamlar Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin musobaqa mezboni AQShga etib bordi.

Ayni kunlarda hakamlarimiz FIFA tomonidan tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etib, jismoniy va nazariy tayyorgarlik ustida ishlamoqda.

Manba: uzfhm.uz