O'zbekistonlik FIFA hakami Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Paragvay — Frantsiya uchrashuviga tayinlandi.

Ilgiz Tantashevga qanot hakamlari Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin yordam beradi.

Uchrashuv 5 iyul kuni soat 02:00 da AQShning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadi. Mazkur bahs AQSh mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan o'tkaziladigan tantanalar doirasiga to'g'ri kelayotgani bois, stadionda mamlakatning yuqori martabali davlat amaldorlari ham tashrif buyurishi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz